Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi o‘tkaziladi

Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi o‘tkaziladi

Har yili oktyabr oyida oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasini tashkil qiladi.

Bu borada Prezidentning «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish hamda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish maqsadida amaliyotga tatbiq etilayotgan mazkur chora-tadbirlar qatorida, shuningdek, har yili oktyabr oyida «O‘zbek tili – qalbim tarjimoni» ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borish ham nazarda tutiladi.

Kiritildi: 20:37 20.10.2025. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!