Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorijiy diplomatlar Kiyevda Rossiya zarbalari nishoni bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirdi

Xorijiy diplomatlar Kiyevda Rossiya zarbalari nishoni bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirdi

DW muxbirining xabar berishicha, 70 dan ortiq diplomatik missiya vakillari Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiganing taklifiga binoan Kiyevda Rossiya zarbalari kelib tushgan joylarni ko‘zdan kechirdi va halok bo‘lganlar xotirasiga gullar qo‘ydi.

Kiyevning Shevchenko tumanida yonib ketgan "Kvadrat" savdo majmuasi fonida diplomatlarga murojaat qilgan Sibiga xalqaro hamjamiyatni Rossiyaning "terroriga" qat’iy javob qaytarishga chaqirdi.

"Moskvaga biz birdam ekanimiz, qat’iy javob qaytarishimiz, Ukraina qo‘shimcha Havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarni olishi hamda Kiyev albatta Yevropa Ittifoi a’zosi bo‘lishi haqida aniq signallar kerak", — deydi Sibiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya zarbalarining oqibatlari "dushman Ukraina va ittifoqchilarning tinchlikparvar sa’y-harakatlariga qanday javob berayotganini" yaqqol ko‘rsatib turibdi, shu sababli Moskvaga bosimni kuchaytirish zarur.

24 mayga o‘tar kechasi amalga oshirilgan Rossiyaning ommaviy raketa va dron hujumlari natijasida "Lukyanovskaya" metro bekati yaqinida zarbalar qayd etildi, yer usti kutish zaliga yetkazilgan zarar tufayli bekat vaqtincha yopilgan. Metro yaqinida joylashgan "Kvadrat" savdo markazi deyarli butunlay vayron bo‘lgan, shuningdek, Lukyanovka bozorida kuchli yong‘in yuzaga kelgan. Kiyevda ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 90 kishi jarohat oldi, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 14:31. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!