1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvda bo‘lgan, 2003 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya 3” avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan poytaxt tomon harakatlanib kelgan vaqtida Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida sof og‘irligi 4 kg 811 gr.ni tashkil qiluvchi “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
2️⃣ DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Andijon viloyati Marhamat tumani “Bobohuroson” MFY hududidan o‘tuvchi qismida qirg‘izistonlik shaxs chegara sim to‘siqlari ustidan uloqtirgan 1 dona qog‘oz qutini qabul qilib olgan vaqtlarida 1985 va 1987 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ushlandi.
Ushbu qog‘oz quti xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 9988 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
📞Hurmatli fuqar olar agar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.