Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Xorijdan noqonuniy olib kelingan 33,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar aniqlandi

Xorijdan noqonuniy olib kelingan 33,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar aniqlandi

🇺🇿Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan mamlakatimizga katta miqdordagi mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirish holatlari aniqlandi.

🇩🇯Xususan, Toshkent shahrida avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 2 ta MCHJ tomonidan ijaraga olingan omborlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, boshqa tovarlar niqobi ostida mamlakatimizga noqonuniy import qilingan, aksiz markasi bo‘lmagan “Milano”, “Mond”, “Esse”, “Zumerret” kabi jami 29 nomdagi 1 mln 963 ming 964 quti tamaki mahsulotlari hamda 4 nomdagi 807 kg oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇩🇯Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 17:49. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!