Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Xorijiy davlatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan jami 11 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston Respublikasiga muvaffaqiyatli qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar beradi.

Jumladan, 9 nafar bola Rossiya Federasiyasidan, 2 nafar bola esa Qozog‘iston Respublikasidan Vatanga olib kelindi.

Qayd etilishicha, vatanga qaytarilgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni oilaviy muhitga qaytarish hamda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bolalarning keyingi holati va oilaga moslashuvi ularning yashash manzili bo‘yicha «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy hamrohlik asosida kuzatib borilishi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 14:04. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!