Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«PSJ» «Oltin to‘p» tarixida yangi rekord o‘rnatishi mumkin

«PSJ» «Oltin to‘p» tarixida yangi rekord o‘rnatishi mumkin

«Pari Sen-Jermen» klubining o‘n nafar futbolchisi «Oltin to‘p» uchun 30 nomzoddan iborat ro‘yxatga kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, parijliklar turnir tarixida yangi rekord o‘rnatadi. «PSJ»ning avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkichi o‘tgan yili qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda klubning to‘qqiz nafar futbolchisi sovringa nomzod bo‘lgan edi.

Barcha nomzodlar ro‘yxati seshanba kuni e’lon qilinadi. O‘tgan yili «Oltin to‘p» «PSJ» hujumchisi Usmon Dembelega nasib etgandi. «Barselona» vakili Lamin Yamal ikkinchi, parijliklar yarim himoyachisi Vitinya esa uchinchi o‘rinni egallagan.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike boshchiligidagi «PSJ» o‘tgan mavsumda ketma-ket ikkinchi bor UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!