Masalan viloyatdagi 10 tadan ortiq fermer 100 million so‘m sarflab, o‘zining traktoriga zamonaviy avtopilot o‘rnatgan. Texnikalarga avtopilot o‘rnatish uchun imtiyozli kredit liniya ochilishi belgilandi.
Respublikadagi nasoslarning 21 foizi Xorazmda joylashgan.
Xonqalik fermer nasosni elektr bilan ta’minlash uchun o‘tgan yili 200 kilovattli quyosh paneli o‘rnatib, yillik 120 million so‘m elektr xarajatini iqtisod qildi, qo‘shimcha 53 million so‘mlik elektrni tarmoqqa sotdi.
Barcha 2 ming 138 ta nasosni shu tizimga o‘tkazib, Xorazm tajribasini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Qo‘shko‘pirda suv yo‘qligi uchun ishlatilmayotgan 165 gektar maydonda tadbirkorlar kollektor suvidan foydalanib, baliq yetishtirish taklifini bildirgan.
Bu taklif ma’qullanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.