Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorazmdagi fojia: bir kunda bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

A A A
Xorazmdagi fojia: bir kunda bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Xorazm viloyatida ommaviy zaharlanish yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 22 oktyabr kuni soat 22.00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola isitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:45 24.10.2019. O'qildi: 4346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik