Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi

Xorazmda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan video tarqaldi.

Xabarda Qo‘shko‘pir tumani 19-umumta’lim maktabi o‘quvchilari direktor tomonidan sholi ekilgan maydonga ishlash uchun yuborilgani keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu vaziyat o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. O‘rganish natijasida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shuningdek, hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 10:21 03.10.2023. O'qildi: 1384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!