Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olayotganida ushlandi

Xorazmda transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olayotganida ushlandi

Xorazm viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 135 ming dollarga Urganch shahridagi 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqarodan 80 ming dollarini olgan vaqtda Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi erkak aslida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan joyni ko‘p qavatli turar joy qurilishi uchun rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:45 03.02.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!