Tramp “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi haqida oldindan bilmagan.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot brifingida ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Livitt Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llash imkoniyatini saqlab qolishi va zarurat tug‘ilganda ulardan foydalanishga tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, u Tramp Ukrainadagi nizoni hal etish masalasida ijobiy kayfiyatda ekanini ta’kidladi.
"Men faqat barchani eslatib o‘tmoqchiman: atigi to‘rt oy ichida qanday ulkan natijalarga erishdik. Bir yil avval shu vaqtda Rossiya va Ukrainaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi hatto tasavvurga sig‘mas edi. Aynan prezidentning bu urushni tugatishga bo‘lgan qat’iy harakatlari tufayli bu davlatlar muzokara stoliga o‘tirdi", – dedi Livitt.