"Portlash rostdan ham bo‘lgan, hech narsa shikastlanmagan, ko‘prikda harakatlanish davom etmoqda", — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
3 iyun kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Qrim ko‘prigining tayanch ustunlaridan biriga o‘z agentlari tomonidan qo‘yilgan portlovchi qurilmalar faollashtirilganini ma’lum qilgan edi.
Shu bilan birga, Qrim ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha tezkor ma’lumotlar berib boriladigan Telegram kanalida 3 iyun kuni ertalab ko‘prikda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.