Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda taksi haydovchisi avtomobiliga o‘tirgan ayol yo‘lovchilarni olib qochdi

A A A
Xorazmda taksi haydovchisi avtomobiliga o‘tirgan ayol yo‘lovchilarni olib qochdi

Oliy sud Matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Gentra haydovchisi Urganch shahrida amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzib, svetoforning qizil chirog‘idan o‘tgan hamda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Shu payt uni YPX xodimlari to‘xtatgan bo‘lsada, qonuniy talabga bo‘ysunmay, noma’lum tomonga katta tezlikda harakatlangan.

Bu vaqtda avtomashina salonida mijoz yo‘lovchilar ham bo‘lgan. Ular haydovchidan avtomobilni zudlik bilan to‘xtatishni so‘ragan. Ammo, haydovchi bunga e’tibor qilmay yo‘lda davom etgan.

"Opam bilan 1191'dan taksi chaqirdik. Kelgan Gentra'ga o‘tirib ketdik. Lekin, "Rayhon" bozori oldida YPX xodimlari to‘xtatishiga qaramay, yo‘lida davom etdi. Bizni esa Yangibozordagi noma’lum joyga tashab ketdi", - deydi yo‘lovchi ayol.

Yo‘lovchilar holatni tasvirga olib, IIBga taqdim qilishgan va haydovchiga qonuniy chora ko‘rish yuzasidan murojaat qilishgan. IIB xodimlari tomonidan haydovchi ushlangan va unga nisbatan MJtKning bir qator moddalari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

To‘plangan hujjatlar sudda ko‘rib chiqilgan va haydovchiga nisbatan BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:43 25.05.2024. O'qildi: 1933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!