Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda qarovsiz qoldirilgan 2 yoshli qizaloq yonib ketdi

Xorazmda qarovsiz qoldirilgan 2 yoshli qizaloq yonib ketdi

Urganch shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga shahar bolalar shifoxonasiga kuyish tan jarohati bilan, hushsiz holda 2017 yilda tug‘ilgan qizcha olib kelinganligi haqida ma’lum qilingan, deb xabar beradi YOXBB.

Ma’lum bo‘lishicha, Urganch shahrida yashovchi D.G‘. qiz nabirasi bilan Nexia rusumli avtomobilida shu kuni taxminan soat 10:30 larda tumani Chakkasholikor qishlog‘i «Beshayvon» mahallasida yashovchi tanishinikiga borib, avtomobilda nabirasini qoldirib, o‘zi tanishining uyiga kirib ketgan.

D.G‘. taxminan 10 daqiqadan keyin qaytganida avtomobil salonidan quyuq tutun chiqayotganligini ko‘rgan. Atrofdagi odamlar yordami bilan yong‘inni bartaraf etib, orqa o‘rindig‘idan qizchani qutqargan. So‘ng bolani Urganch shahridagi shifoxonaga olib borgan. Shifoxonada qizcha vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.

Avtomobilning orqa o‘rindig‘ining yarim kvadrat metr maydoni yongan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

 

Kiritildi: 06:58 03.10.2019. O'qildi: 2324 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!