Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda mansabdorlar 15-16 va 17 yoshli qizlar bilan mehribonlik uyi rahbari yordamida jinsiy aloqa qilib kelgan

A A A
Xorazmda mansabdorlar 15-16 va 17 yoshli qizlar bilan mehribonlik uyi rahbari yordamida jinsiy aloqa qilib kelgan

Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani FVB boshlig‘i oilaviy mehribonlik uyida 15-16 va 17 yoshli qizlar bilan mehribonlik uyi rahbari yordamida jinsiy aloqa qilib kelgan.

Mansabdorlar go‘yoki mehribonlik uyiga homiylik qilgandek, printer, divan oziq-ovqat vositalari olib kelib bergan. Keyinchalik esa mehribonlik uyi rahbariga 200-250 ming so‘m atrofida pul berib, 10 soat davomida voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlab kelgan.

Rahbar tarbiyachi qizlarni mansabdorlar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan. Qizlar ko‘rmagan taqdirda ularga ovqat bermagan va boshqa turli xil jazolar bilan qizlarni jinsiy aloqa qilishga majbur qilgan.

Sudda qo‘shmachi rahbar ayol 5 yarim yilga qamalgan bo‘lsa, ikki mansabdor 1,5 yildan ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) jazosini olgan. Ularga berilgan eng katta jazo bu uy qamog‘ida soat 22:00dan 06:00gacha uydan chiqmaslik.

Kiritildi: 13:53 01.04.2023. O'qildi: 10971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!