Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda Jinoyat kodeksining 12 ta moddasi bo‘yicha ayblangan hisobchi ozod etildi

Xorazmda Jinoyat kodeksining 12 ta moddasi bo‘yicha ayblangan hisobchi ozod etildi

Agar yodingizda bo‘lsa, bundan o‘n yil, balki undan ham avvalroq Xorazmda “Xuddi razbor” laqabi bilan tanilgan, Xorazm viloyati Dzyudo federasiyasi rahbari bo‘lgan Xudoybergan Nafullayev va uning jinoiy sheriklari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bir qancha shaxs qamoqqa olingan edi.

«7news.uz»ga taqdim qilingan tergov va sud hujjatlarida qayd etilishicha, 2019 yil 2 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi ochiq sud majlisida, o‘z binosida, Raislik qiluvchi, Xorazm viloyat sudining raisi B.Umarov raisligida sudlanuvchi S.R.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismining “v” bandi, 167-moddasi 3-qismining “v” bandi, 169-moddasi 4-qismining “v” bandi, 179-moddasi, 184-moddasi 2-qismining “v” bandi, 189-moddasi, 190-moddasi 2-qismining “v” bandi, 205-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari, 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari, 229-moddasi, 242-moddasi 1-qismi hamda 243-moddalari bilan ayblangan.

Sudlanuvchi S.Ro‘zmetova, 2002 yil fevral oyidan 2006 yil avgust oyiga qadar “Qorabayir” SICHK bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, Xorazm viloyat hududida jinoiy va xufiѐna yullar bilan boylik to‘plab, professional shaklda jinoiy faoliyat bilan shyg‘yllanuvchi, jamiyat va uning a’zolarida tahlika tug‘diruvchi “Xuddi razbor” laqabli jinoyat olami “obro‘dori” maqomiga ega bo‘lgan X.Nafullayev va boshqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, “Qorabayir” korxonasi negizida tashkil topgan uyushgan guruhga a’zo bo‘lib, ushbu korxona orqali davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘llari bilan talon-toroj qilish, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab soxta tadbirkorlik, savdo qoidalarini buzish, bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib lisenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish jinoyatlarini sodir qilgani aytilgan.

Sudlanuvchi S.R. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “v” bandi,

189-moddasi, 190-moddasi 2-qismining “v” bandi, 205-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

S.R. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2007 yil 30 noyabrdagi “Amnistiya to‘g‘risida”gi Qarori 1-bandi “a” kichik bandiga asosan jazodan ozod qilindi.

Ushbu jinoyat ishi doirasida MTRK tomonidan ko‘rsatuv tayyorlangan bo‘lib, o‘z davrida u efirga uzatilgan edi.

«Google» qidiruv tizimi orqali ushbu hujjatli filmni qidirb topish va tomosha qilish mumkin.

Kiritildi: 18:18 13.08.2019. O'qildi: 5348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!