Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda fuqaroning qizlik iffati tekshirilishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Xorazmda fuqaroning qizlik iffati tekshirilishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Avvalroq Xorazm viloyatida bir guruh ayollar qizni yechintirib, uning qizlik iffati yo‘qligini ro‘kach qilib, videoga olgani haqida xabar bergan edik.

Barcha holat videoga olinib, tarqatib yuborilgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan. To‘ydan so‘ng kuyov qarindoshlariga qiz bokira emasligi haqida aytgan. Shundan so‘ng uning qarindoshlari qizni yechintirib, holatni videotasvirga olgan. Keyinroq video tarmoqlarga tarqatilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha holat kuyovning ammasi tomonidan tasvirga olingan. Qizning o‘gay otasining aytishicha, kuyov avvalroq o‘zga qizni zo‘rlagani uchun sudlangan bo‘lgan. Bu haqda kelinning oilasi to‘ydan keyingina bilgan. O‘gay ota shuningdek, kuyov tomon to‘yga ketgan harajatlar uchun 50 mln so‘m talab qilganini aytdi. Erkak so‘ralgan pulni bera olmagach ular videoni tarqatib yuborgan.

Hozirda videoga olgan fuqarolar ushlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 05:30 30.11.2020. O'qildi: 15725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!