“O‘zenergoinspeksiya”ning ma’lum qilishicha, Yangibozor tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi hisoblash uskunasiga ta’sir o‘tkazib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 3 mlrd. 48 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.