Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi“WBM Qo‘shko‘pir Claster” MCHJda tekshiruv o‘tkazgan.
Unda korxona shu yilning o‘tgan davrida 119 nafar xodimga maoshini to‘lmagani aniqlangan va ishchilarning 1 mlrd. 310 mln. so‘m ish haqi undirib berilgan.
Korxonaga maoshlarni vaqtida to‘lamagani uchun chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.