Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishidagi 3,5 mln dollarlik moliyalashtirishni ma’qulladi. Quyosh elektr stansiyasini 2025 yil noyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishidagi 3,5 mln dollarlik moliyalashtirishni ma’qulladi.

Ushbu kafolat «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ davlat kompaniyasining quvvati 100 MVt bo‘lgan yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Xorazm viloyatidagi ushbu ob’ektni qurish va ekspluatasiya qilish bilan Fransiyaning «Voltalia» kompaniyasi shug‘ullanadi.

Quyosh elektr stansiyasini 2025 yil noyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan. U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.

Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va 60 mingga yaqin uy xo‘jaliklarini toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.

Loyiha mamlakatning toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va «yashil» iqtisodiyotga o‘tish borasidagi sa’y-harakatlariga salmoqli hissa qo‘shadi.

Kiritildi: 00:46 24.12.2024. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!