Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, unga Urganch davlat universiteti tomonidan berilgan akademik ta’tilini to‘g‘rilab, diplom olib berishi evaziga 900 AQSh dollari va 1,3 mln so‘mni tanishi M.YA. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini go‘yoki Qirg‘iz Respublikasidagi xalqaro universitetga ko‘chirib, ushbu ta’lim muassasasini tugatganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:12 16.04.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!