Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.X.” xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchasida sotuvchi N.B. xaridorga 1 dona alkogol va 1 quti tamaki mahsulotni xarid cheki bermasdan sotganligi aniqlanib, ushbu savdo shoxobchasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 44 turdagi 2 043 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 465 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Mirzacho‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "B.B." MCHJga qarashli savdo do‘konida sotuvga qo‘yilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 78,5 mln so‘mlik jami 1 107 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 501 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.