Vashington Eronning javob zarbasidan keyin mintaqada vaziyat keskinlashishini istamayapti, deya xabar bermoqda CNN.
Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalaridan so‘ng Tehron tomonidan javob harakatlari amalga oshirilishini kutgan. Uning ta’kidlashicha, AQSh Yaqin Sharqda keyingi harbiy aralashuvga intilmayapti.
"Biz Eron javob qaytarishini bilar edik. Ular general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandan keyin ham xuddi shunday javob bergan edi", — deya ta’kidladi amerikalik rasmiy.