AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga Qatardagi aviabazaga bo‘lajak hujum haqida o‘z vaqtida xabar bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
U AQSh harbiy-havo kuchlari Fordo, Natanz va Isfaxondagi yadro inshootlariga zarba berganidan keyin Eronning javob hujumini "zaif" deb atadi.
"14 ta raketa uchirildi - 13 tasi urib tushirildi va bittasi xavfsiz yo‘nalishga qarab ketayotgani uchun qoldi. Men amerikaliklardan hech kim jabrlanmagani va ozgina zarar ko‘rgani haqida mamnuniyat bilan xabar beraman. Bizni oldindan ogohlantirgani uchun Eronga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, buning natijasida hech kim halok bo‘lmadi va jabrlandi", - dedi Tramp.