Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo Anhor.uz saytida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operasiyada ishtiroki qonuniyligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Senat matbuot xizmati izoh berdi.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Ma’lum qilinishicha, bu kabi xabarlar mutlaqo asossiz, hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Anhor.uz” portalida ham bunday mazmunda hech qanday maqola mavjud emas.

Qayd etilishicha, Senat raisi Tanzila Norboyeva bu borada biron-bir ommaviy axborot vositasi yoki platformaga intervyu bermagan.

“Mazkur yolg‘on xabar faktlar bilan tasdiqlanmagan, fuqarolar orasida chalg‘ituvchi ma’lumot tarqatishga qaratilgan bo‘lib, aholi ongida noto‘g‘ri tasavvur hosil qilishga harakat deb hisoblanadi. Amaldagi qonunchiligiga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatish uchun javobgarlik belgilangan”, deyiladi Senat raddiyasida

Senat jamoatchilikni bunday yolg‘on va chalg‘ituvchi xabarlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy axborot manbalariga tayangan holda xulosa qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 23:36 23.06.2025. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!