Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xonanda Kanizaga lisenziya berish rad etildi

A A A
Xonanda Kanizaga lisenziya berish rad etildi

Madaniyat va turizm vazirligining xabariga ko‘ra, xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Xonandaning lisenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda ko‘rib chiqilib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 23 fevral kuni lisenziya berish rad etildi.

Xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qo‘yish, e’tirozlarga sabab bo‘layotgan videoroliklarini joylashtirmasligi, san’atkor odobiga rioya qilishi yuzasidan 1 oy muddat berildi.

"Agar belgilangan muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan lisenziyasi butunlay to‘xtalishi ma’lum qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Kiritildi: 23:17 24.02.2023. O'qildi: 4117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!