Al-Jazeera: G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlar yana tinch aholining, jumladan ayollar va bolalarning qurbon bo‘lishiga olib keldi. Ularning ba’zilari halok bo‘lgan, boshqalari esa og‘ir kuyish va boshqa jarohatlardan aziyat chekmoqda.
Hozirgina Nosir tibbiyot majmuasidagi tibbiy manbadan shoshilinch yordam bo‘limidagi vaziyat haqida ma’lumot oldik. Vaziyat juda og‘ir. Odamlar polda yotgan holda shifokorlarni kutishmoqda. Shifokorlar esa nafaqat tibbiy jihozlarni tejashga majbur, balki bemorlarni ham muhimlik darajasiga qarab saralashmoqda.
So‘nggi soatlarda al-Mavosiydagi ko‘chirilganlar yashaydigan chodirli lagerdagi hujum tufayli 10 kishi halok bo‘lgani vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Bundan ikki barobar ko‘p odam portlash va uchib kelgan snaryad parchalaridan og‘ir jarohat olgan. Hudud haqiqiy o‘lim tuzog‘iga aylangan.