Isroilning G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunisga uyushtirgan havo hujumi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 49 nafarga yetdi, kamida 186 kishi jarohat oldi.
Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
«Dushanba kuni ertalabdan beri Isroil armiyasining Xon Yunis hududiga uyushtirgan hujumlari natijasida kamida 49 kishi halok bo‘ldi, 186 dan ortiq kishi jarohatlandi. Yaradorlar Nosir tibbiyot majmuasiga yetkazildi», — deyiladi agentlik xabarida.