Reuters agentligi xabar berishicha, Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning qizi, nabirasi, kuyovi hamda kelini AQSH–Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, hujum Eron hududida amalga oshirilgan navbatdagi aviazarbalar paytida sodir bo‘lgan. Rasmiy Tehron hozircha ushbu ma’lumot yuzasidan batafsil izoh bermagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Xomanaiyning 14 oylik nabirasi ham bor. Qizaloqning jasadi vayronalar orasidan topilgani aytilmoqda.