Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning Livanning Hizbulloh guruhini Bayrutdagi qarorgohiga uyushtirgan zarbalarini qoralab, buni Isroilning "uzoqni ko‘ra olmaslik va ahmoqona siyosati"ning yana bir namunasi deb atadi.
Avvalroq Reuters agentligi Tehrondagi manbalariga tayanib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Hizbulloh guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh halok bo‘lgani haqidagi xabarlar ortidan Xomanaiy atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani va u “xavfsiz joyga” ko‘chirilgani haqida xabar bergan edi.