Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy allaqachon ikkinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yishga qaror qilgan.
Bu haqda Ukrainaning Telegraph nashri davlat rahbariga yaqin manbalarga tayanib yozmoqda.
“Ishonch darajasi 52% bo‘lsa ham, u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega”, - deb yozadi nashr.
Telegraph Zelenskiyning asosiy raqobatchisini Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy deb atadi.
"Telegraf" xabariga ko‘ra, Zalujniy hali "o‘z siyosiy kelajagi" haqida uzil-kesil qaror qabul qilmagan. Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti idorasi rahbari Andrey Yermak Zalujniyga agar Zelenskiy nomzodini ko‘rsatmasa va saylovda ishtirok etmasa, sobiq bosh qo‘mondon "Xalq xizmatchisi" partiyasi ro‘yxatida birinchi o‘rinni va Oliy Radada spiker o‘rnini olishi mumkinligini aytgan.
Jurnalistlarning siyosiy rejalari haqidagi savoliga Zalujniy shunday javob berdi: “Avval biz davlatchilikni saqlab qolamiz. Va keyin gaplashamiz."