Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xoland ispan grandidan qo‘ng‘iroq kutmoqda

Xoland ispan grandidan qo‘ng‘iroq kutmoqda

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland kelajakda Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Yanvar oyida norvegiyalik "shaharliklar" bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan, biroq uning ketishi haqidagi mish-mishlar shu bilan to‘xtamagan. Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, Xoland kelajakda "Real"dan qo‘ng‘iroq bo‘lishiga umid qilmoqda. Hujumchi "qaymoqranglilar" oldingi chizig‘ida Kilian Mbappe bilan to‘xtatib bo‘lmas tandem hosil qilishiga ishonmoqda.

Erling Xolandning narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 180 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchining hisobida Xosep Gvardiola jamoasi safida barcha musobaqalarda 147 ta o‘yinda 126 ta gol va 21 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 09:48 22.08.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!