Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari Kiyevni qurollantirishni to‘xtatish majburiyatisiz jang harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini saqlab qolish niyatida ekanligi ta’kidlandi.
Bundan oldin Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Rossiya va AQShning qarorlaridan qat’i nazar, Bryussel Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirgan holda Ukrainaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berishni davom ettirishini ma’lum qilgan edi.
“Xohlovchilar koalisiyasi”ning barcha ishtirokchilari Ukraina chegaralarini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga qarshi chiqdi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z sahifasida.