Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘payadi

A A A
Xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘payadi

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar ro‘yxati yana bittaga kengaytiriladi.

Prezidentimizning 2018 yil 10 dekabrda “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

• boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 35 nafar kishidan iborat Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining yangilangan tashkiliy tuzilmasi;

• Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi nizom;

• Markaz xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash razryadlari;

• Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar.

Markaz xodimlariga O‘zbekiston adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari uchun ustama va ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra, Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffisiyentlari 1,7 baravar ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Markaz:

• Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sudning statistik axborotlari majburiy jo‘natmalar reestriga;

• Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.​​

Uza.uz

Kiritildi: 12:30 11.12.2018. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!