Xitoy animasion filmi prokatdan 168 million dollardan ko‘proq daromad olib, jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar beradi Sinxua axborot agentligi.
Xitoy mifologiyasiga asoslangan “Neja 2: Okeandagi shayton bolalari jangi” animasion filmining umumiy kassasi (shu jumladan, namoyishlar va oldindan sotuvlar) 12,3 milliard yuandan (taxminan 168 million dollar) oshib, Gollivudning «Inside Out 2» animasion filmini ortda qoldirdi va jahon animasion filmlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Bu Osiyo tarixida bunday natijaga erishgan birinchi “Gollivuddan tashqari film”dir.
Bundan tashqari, bu Xitoy kinosi tarixida kassada 10 milliard yuandan ko‘proq pul yig‘gan birinchi filmdir.
“Neja 2” qissasi an’anaviy xitoy afsona va rivoyatlariga asoslangan bo‘lib, qahramon o‘g‘ilning taqdir va irodasi haqidagi tanlovi haqida hikoya qiladi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu filmni yaratishda jami 138 ta animasion kompaniyalar va 4000 dan ortiq animatorlar ishtirok etgan.
Filmni suratga olish uchun 5 yil vaqt ketdi.
2025 yilgi "Xitoy animasiya sanoati oq qog‘oziga" ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng yirik animasiya ishlab chiqarish bazalaridan biriga aylandi va 3D animasiya, vizual maxsus effektlar va boshqa sohalarda boy tajriba to‘pladi.