Xitoy milliy offshore neft korporasiyasi (CNOOC) sobiq bosh direktori Li Yung pora olganlikda ayblandi.
Bu haqda payshanba kuni mamlakat Oliy xalq prokuraturasi ma’lum qildi.
"Li Yun o‘z mansab mavqeini uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab suiiste’mol qilganlikda va o‘ta yirik miqdorda moliyaviy va moddiy boyliklar ko‘rinishidagi noqonuniy pora olganlikda ayblanmoqda", — deyiladi agentlik xabarida.
Unga nisbatan jinoiy ish Oliy xalq prokuraturasi topshirig‘i bilan Xubey provinsiyasi Syan’yan shahri xalq prokuraturasi tomonidan Davlat nazorat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng qo‘zg‘atilgan. Uni ko‘rib chiqish bilan xuddi shu shaharning o‘rta darajadagi xalq sudi shug‘ullanadi.