Xitoylik olimlar pomidorda hosilni pasaytirmasdan shakar miqdorini oshirishning yangi usulini topdilar.
Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tadqiqotchilari 100 dan ortiq pomidor navlarida ta’m sinovlarini o‘tkazdilar va iste’molchilarning xohishlariga ta’sir etuvchi 33 ta ta’mli birikmani aniqladilar. Keyin ular butun dunyo bo‘ylab 400 dan ortiq pomidor namunalarida ushbu lazzat birikmalarining tarkibini tahlil qildilar va genomik ketma-ketlikni amalga oshirdilar. Bu ta’mga ta’sir qiluvchi 49 ta gen, shu jumladan shakar tarkibini tartibga soluvchi ikkita genning kashf etilishiga olib keldi.
Shunchaki ikkita genni "o‘chirish" mevalardagi glyukoza miqdorini 30foizga oshirishga imkon berdi. Olimlarning fikricha, bu meva shakarni qanday "ishlab chiqarishi va saqlashini" tushunishda muhim qadamdir. Qayd etilishicha, bunday o‘zgartirilgan pomidorlar yaqin uch-besh yil ichida sotuvga chiqishi mumkin.