Xitoyning Nankay universiteti olimlari miya-kompyuter interfeysini maymun miyasiga ulash bo‘yicha tajribani muvaffaqiyatli yakunladi.
Olimlar maymunning miya tomirlariga invaziv datchiklarni ulashdi, bu esa signallarni qabul qilish imkonini berdi. Qabul qilingan ma’lumotlar va ularning identifikasiyasi tufayli hayvon mexanik qo‘l ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.
Universitetning tushuntirishicha, invaziv EEG (elektroensefalografiya) datchiklari bo‘yin venasidan o‘tib, sagittal sinusga kirib, maymunning motor korteksining miya hududiga yetib boradi.
"Miya-kompyuter interfeysi texnologiyasi EEG signallarini nazorat qilish ko‘rsatmalariga aylantira oladi va shu bilan motor disfunksiyasi (masalan, insult, muzlash va boshqalar) bilan og‘rigan bemorlarga tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishga va ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi", - deyiladi xabarda.
Eksperimentga rahbarlik qilgan professor Duan Fengning so‘zlariga ko‘ra, bunday tadqiqotlar natijalari intervension miya-kompyuter interfeysini laboratoriya tadqiqotlaridan klinik tadqiqodlargasga kengaytirdi.
Ushbu tajriba avvalgi tajriba asosida amalga oshirildi, unda invaziv miya-kompyuter interfeysi qo‘yning miyasi bilan birlashtirilgan edi.