Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoylik mutaxassislarning birinchi guruhi 30 mart kuni kelishi kutilmoqda

Xitoylik mutaxassislarning birinchi guruhi 30 mart kuni kelishi kutilmoqda

Xitoylik bir guruh shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun 30 mart kuni O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Keyinroq ularning safiga yana 15 nafar xitoylik tibbiyot xodimi qo‘shilishi mumkin.

Bu haqda Kun.uz`ga O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ma’lum qildi.

«Elchixonaning murojaatiga javoban, Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi shifokorlari guruhi joriy yil 30 mart kuni o‘zbek hamkasblariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga uchib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yaqinda 15 kishidan iborat xitoylik shifokorlarning yana bir guruhini O‘zbekistonga yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda», – deyiladi elchixona axborotida.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 11 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 19:01 29.03.2020. O'qildi: 2745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!