@SputnikUzbek muxbiriga ko‘ra, maxsus san’at maktabi qoshidagi konsert zalida 200 kvadrat metrga yaqin ekran, 100 dan ortiq yoritish moslamalari o‘rnatildi, kreslolar yangilandi, grim xonasi jihozlandi va elektr isitish tizimi joriy etildi.
Maktab direktori Xubbim Hamdamovning aytishicha, o‘tgan yil oxirida maktab, xitoylik investorlar va Samarqand turkompaniyasi o‘rtasida besh yillik uch tomonlama shartnoma imzolangan.
Hujjatga ko‘ra, soat 14:00 gacha zal maktab foydalanishiga beriladi, keyin esa hamkorlar sayyohlar uchun konsertlar o‘tkazadi.