Xitoylik shifokorlar jaziramada salqinlash uchun bor-yo‘g‘i 10 daqiqada 1,5 litr Coca-Cola ichgan 22 yoshli bemorning o‘limi haqida ma’lum qildi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, erkakning ichki qismida ko‘p miqdorda gaz to‘plangan, shuning uchun jigarda kislorod yetishmay qolgan. Bemor gazlangan ichimlik ichganidan olti soat o‘tgach kelgan va shifoxonada vafot etgan.