Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoyga neft yetkazib berishga kim to‘sqinlik qilmoqda?

Xitoyga neft yetkazib berishga kim to‘sqinlik qilmoqda?

Eron Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni bekor qildi — deputat.

Eron parlamenti deputati Valiolla Bayatning ma’lum qilishicha, Milliy Eron neft kompaniyasi (NIOC) Xitoydagi yettita neftni qayta ishlash zavodi bilan tuzilgan ikki yillik shartnomalarni muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilgan.

Bu haqda 7 oktyabr kuni Eron Inqilob qo‘riqchilari korpusiga yaqin Tasnim agentligi xabar berdi.

Deputatning aytishicha, shartnomalar tuzilganidan atigi olti oy o‘tib bekor qilingan. Xitoy kompaniyalari bu qaror uchun kompensasiya talab qilishi mumkin. Bayat bu holat Eron uchun katta moliyaviy majburiyatlarga olib kelgan avvalgi «Crescent» ishiga o‘xshash nizoga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bayat shartnomalar bekor qilinishi Eron va Xitoy o‘rtasidagi 25 yillik strategik hamkorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan. U neft vazirligidagi yangi rahbariyatni mamlakat uchun foydali deb baholangan shartnomalarni bekor qilishda ayblagan.

Deputatning fikricha, mazkur qaror Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibofning Xitoyga rejalashtirilgan tashrifi bilan bog‘liq ayrim muammolarga ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qolibof Xitoy bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlangan, ammo hozirgacha Pekinga tashrif buyurmagan.

Parlamentning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Ahmad Baxshayesh Ardestani ham shartnomalar bekor qilinganini tasdiqlab, holatni tekshirishga chaqirdi. U neft uchun to‘lov amalga oshirilmagani yoki sanksiyalar sababli to‘lovni amalga oshirish imkoni bo‘lmaganini aniqlash zarurligini aytdi.

Ayni paytda Eron parlamenti neft vazirligi faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 18:45 08.10.2026. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!