Sizlar bilan yonma-yon ishlab, sirdaryoliklarning naqadar mehnatkash, fidoyi va vatanparvar ekaniga, birgalikda katta maqsadlarga erishish mumkinligiga yana bir bor amin bo‘ldim.
Men o‘zimni Sirdaryoning ham farzandi deb bilaman. Bu elga doimo ta’zim qilib, cheksiz hurmatim va minnatdorligimni bildiraman, deyiladi E.Turdimovning xayrlashuv postida.
Eslatib o‘tamiz, Erkinjon Turdimov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi.