Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar Xitoy ishlab kompaniyalari, jumladan Chery Automobile Co va Great Wall Motor Co'ga tegishli.
Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema 26 may kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi Yantay shahridan yo‘lga chiqqan va 15 iyun kuni Meksikaning Lasaro-Kardenas shahriga yetib borishi kerak edi.
Yong‘in 3 iyun kuni kema palubalaridan birida yuzaga kelgan yuzaga kelgan, kema bu paytda Adak orolidan 500 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Kema ekipaji yong‘inni o‘chirishga uringan, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Oxir-oqibat 22 kishidan iborat butun ekipaj AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan evakuasiya qilindi.
AQSh qirg‘oq qo‘riqlash ma’lumotlariga ko‘ra, kemada 3159 ta transport vositasi bo‘lib, ulardan 65 tasi to‘liq elektr, 681 tasi gibrid avtomobillardir.
Bloomberg manbalari kemadagi yong‘in elektr avtomobillardan birining yonib ketishi oqibatida yuzaga kelganini taxmin qilmoqda.