Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoydagi suv toshqinlari fermerlarga qimmatga tushdi

Xitoydagi suv toshqinlari fermerlarga qimmatga tushdi

Xitoyning Fuszyan provinsiyasidagi suv toshqinlari tufayli 35 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi. Ayrim daryolarda suv sathi deyarli to‘rt metrgacha ko‘tarilib, kritik darajadan oshib ketdi.

Tabiiy ofatga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan, buning natijasida suv shahar ko‘chalariga yoyilgan. Yo‘llar, uylar va ko‘priklar suv ostida qolgan.

Shuningdek, 12 mingdan ortiq hosil suv ostida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fermerlar 225 million dollar zarar ko‘rgan.

Umuman olganda, Xitoyning janubi-sharqidagi tabiiy ofatdan 200 mingga yaqin odam jabrlangan.

Kiritildi: 22:31 18.06.2024. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!