Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoyda o‘tkazilgan yarmarkada O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi

A A A
Xitoyda o‘tkazilgan yarmarkada O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi

Xitoyning Shensi provinsiyasidagi Yanlin shahrida tashkil etilgan “30-Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalari” yarmarkasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Tadbir Xitoy qishloq xo‘jaligi, fan va texnologiyalar, savdo vazirliklari, Shensi provinsiyasining Xalq hukumati hamda boshqa vazirlik va idoralar ko‘magida tashkil etildi.

Mazkur yarmarka oziq-ovqat mahsulotlari va ularni saqlash texnologiyasi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda texnologiya va innovasiya imkoniyatlaridan foydalanish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.

Yarmarkada faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston o‘zining milliy stendini tashkil etdi. Unda mamlakatning savdo, investisiya va sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Xususan, ko‘rgazmada oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq mevalar, ichimliklar, hunarmandchilik, qandolatchilik, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa rang-barang ne’matlar mehmonlarning e’tiboriga taqdim etildi.

Tadbirda dunyoning 40 mamlakati va mintaqalaridan 1,5 mingdan ziyod kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Besh kun davom etgan ko‘rgazma ishi bilan 600 mingga yaqin kishi tanishdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekistonning boy sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan video lavhalar ham namoyish etildi.

Kiritildi: 08:14 25.09.2023. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!