Xitoy sudi sobiq partiya kotibi va Bank of China direktorlar kengashi raisi Lyu Lyangeni korrupsiya va noqonuniy kreditlar bergani uchun o‘limga hukm qildi.
Xitoy Oliy prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, u taxminan 121 million yuan (16,8 million dollar) miqdorida pora olgan.
Hukm ijro muddati ikki yilga kechiktirilgan holda chiqarilgan. Sud Lyu Lyangeni umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilish va davlat foydasiga noqonuniy olingan barcha aktivlarni musodara qilishga qaror qildi. Ikki yillik muddat o‘tgandan so‘ng, agar bu vaqt ichida mahkum boshqa jinoyatlarni sodir etmagan bo‘lsa, hukm umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.