Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya Zaporojega hujum qilishni rejalashtiryaptimi?

Rossiya Zaporojega hujum qilishni rejalashtiryaptimi?

The Economist nashri shu haqda ma’lumot to‘pladi.

Ukraina razvedkasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari frontga 130 ming nafargacha harbiy xizmatchini joylashtirishi mumkin.

Ukraina Qurolli kuchlari polkovnigi Aleksey Xilchenkoning nashrga ma’lum qilishicha, Zaporojega hujumning birinchi bosqichida rus qo‘shinlari ikkita diviziyadan (20-30 ming askar) foydalanishni rejalashtirgan, ammo ularning yarmi Ukrainaning hujumini qaytarishda Kurskga yo‘naltirilgan.

"Zaporoje Ukraina uchun strategik ahamiyatga ega. Bu hudud mamlakatdagi og‘ir sanoatning qolgan uchta markazidan biri bo‘lib, Ukrainaning davlat sifatida saqlanib qolishi uchun muhim ahamiyatga ega", deya qayd etadi The Economist.

So‘nggi ikki oy ichida rus qo‘shinlari Zaporojeni raketalar va boshqariladigan aviabombalar bilan bombardimon qilishni kuchaytirdi. Frontning bu qismida otishmalar soni ham keskin ortdi.

Zaporoje shahri Kreml uchun ham muhim. Vladimir Putin 2022 yilning kuzida butun Zaporoje viloyatining anneksiya qilinishini e’lon qilgan edi, o‘sha paytda Rossiya armiyasi mintaqaning faqat uchdan bir qismini nazorat qilsyotgan edi. Hozir Ukraina Qurolli kuchlari Zaporoje atrofida yangi mudofaa inshootlarini qurmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!