Xitoyda 19 yoshli talaba Syao Dun smartfoniga uzoq vaqt davomida boshini egib qarab yurishi oqibatida falaj bo‘lib qoldi. Fuszyan viloyatida yashovchi yigit restoranda ishlash paytida ham, tanaffuslarda ham doim telefoniga qarab o‘tirgan.
Doimiy bo‘yinga tushgan zo‘riqish natijasida qon tomirida tromb paydo bo‘lib, u miya faoliyatiga ta’sir qilgan. Oqibatda, yigit bir kuni ertalab uyg‘onishida butunlay harakatlana olmay qolgan.