Xitoyda «Real» hujumchisi Kilian Mbappega qarshi noroziliklar kuchaymoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar fransuz futbolchisining futbolkalarini yoqayotgani va reklama plakatlarini yirtayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Mojaroga Mbappening Mao Szedun tasvirlangan memga munosabat bildirib, uni «Xitoy diktatori» deb atagani sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng Xitoyning bir qator kompaniyalari futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatgani, mamlakatda La Liga o‘yinlari translyasiyasi vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilinmoqda.
Mbappe va «Real»ning uzr so‘rashi ham vaziyatni o‘zgartirmagan.
Tarqalgan videolarda muxlislardan biri Mbappening 10-raqamli futbolkasini yoqayotgani, boshqalari esa uning surati tushirilgan plakatlarni oyoqosti qilib, reklama materiallariga zarar yetkazayotgani ko‘ringan.